Sadokat Safarova
Sodiq School Istirohat filiali Direktori
Urganch davlat universitetining Fizika-matematika fakultetini tamomlagan, Toshkent davlat texnika universitetida avtomatik boshqaruv tizimlari yo'nalishida magistratura darajasini olgan. Aniq fanlar va muhandislik tafakkurini ta'lim boshqaruviga olib kirgan rahbar.
15 yildan ortiq ta'lim tizimida, shundan 14 yilga yaqini — rahbarlik lavozimlarida.
Turin politexnika universiteti akademik litseyida 7 yil direktor o'rinbosari bo'lib ishlagan. So'ngra Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi tizimida poytaxtning ikki yirik tumani — Olmazor va Chilonzor tuman bo'limlarini boshqargan. Davlat va xususiy ta'limning har ikkala tizimini ichdan biladigan kam sonli rahbarlardan.
← Barcha ustozlar